Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filial jamoasi musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘llanma oldi

Yoshlarni sportga keng qamrab olish va ular orasidan iqtidorlilarini tanlab olish, sport turlari bo‘yicha yuqori natijalarni ta’minlaydigan sportchilar bilan milliy terma jamoalarni shakllantirishni maqsad qilgan «Talabalar ligasi» sport musobaqalarining «Gandbol» turidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialining terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etdi.

Qizg‘in bellashuvlarga boy tarzda o‘tgan musobaqa yakunida filial jamoasi barcha raqiblaridan ustun kelib 1-o‘rinni egalladi va tashkilotchilar tomonidan Diplom bilan taqdirlanib musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘llanma oldi.

Jamoa a’zolarini musobaqaga Azizbek Quralbaev tayyorladi.

Filial matbuot xizmati.