Voleybolchilar 1-o‘rinni egalladi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining «Sport saroyi»da «Talabalar ligasi» sport musobaqalarining «Voleybol» turidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Respublikamizdagi oliy o‘quv yurtlari talabalari orasidan tuzilgan jamoalar tarkibida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali jamoasi a’zolari ham o‘yinga tushdi.
Bir-biridan kuchli jamoa a’zolarini bir joyga jamlagan «Talabalar ligasi» sport musobaqalarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bosqichida filial jamoasi har tomonlama o‘zining kuchli ekanligini ko‘rsata oldi va 1-o‘rinni egalladi.

Musobaqa yakunida jamoa a’zolari tashkilotchilar tomonidan Diplom bilan taqdirlandi va musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Sportchilarni musobaqaga I.Allayarov, T.Navbetullaev va B.Tobinbaevlar tayyorladi.
Filial Matbuot xizmati.