Filial jamoasi a’zolari uchun «Talabalar ligasi» omadli kelmoqda

Joylarda o‘tkazilayotgan «Talabalar ligasi» sport musobaqalarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bosqichi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali jamoasi a’zolari uchun omadli kelmoqda.

Buni filial jamoa a’zolarining musobaqada erishayotgan natijalaridan ham ko‘rishimiz mumkin.

Sportning «Basketbol» va «Badminton» turidan bo‘lib o‘tgan musobaqada filial jamoasi barcha raqib jamoalardan ustun kelib 1-o‘rinni egalladi va tashkilotchilar tomonidan Diplom bilan taqdirlanib musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘llanma oldi.

Musobaqaga «Basketbol» jamoasi a’zolarini A.Avezbayev, N.Palvoniyozova hamda «Badminton» jamoasi a’zolarini R.Atajanov va R.Beknazarovlar tayyorladi.
Filial Matbuot xizmati.