Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filialda ishlovchi xotin-qizlar «Quvnoq startlar»da kuch sinashdi

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida ishlovchi xotin-qizlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida “Quvnoq startlar” sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqani filial direktori B.Erimbetov kirish so‘zi bilan ochib berdi va ishtirokchilarga muvaffaqiyatlar tiladi.

Bayram arafasida xotin-qizlar o‘rtasida yuqori darajada tashkil etilgan musobaqada “Tumaris”, “Zulfiyalar”, “Aktivisler”, “Chempionlar” va “Báhár” jamoalari a’zolari o‘zaro kuch sinashdi.

Qizg‘in bellashuvlarga boy tarzda o‘tgan musobaqa yakunida “Chempionlar” jamoasi 1-o‘rin, “Báhár” jamoasi 2-o‘rin va “Tumaris” jamoasi a’zolari 3-o‘rinni egalladi.

G‘olib jamoa a’zolari filial tomonidan Diplom va O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi kengashining Qoraqalpog‘iston Respublikasi birlashgan qo‘mitasi tomonidan estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Filial Matbuot xizmati.