Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filial xotin-qizlariga ehtirom ko‘rsatildi

Oila va jamiyatimiz ustuni, hayotimiz fayzi va ko‘rki bo‘lgan ayollarni qadrlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan ulug‘ qadriyat bo‘lib kelgan.

 Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan filial mehnat jamoasida ishlaydigan ayollardan iborat professor-o‘qituvchilar, texnik xodimlar va talaba-qizlar ishtirokida bayram kechasi bo‘lib o‘tdi.

 Bayram kechasini filial direktori, professor Bayrambay Erimbetov kirish so‘zi bilan ochdi va tadbir ishtirokchilarini bayrami bilan samimiy tabrikladi.

So‘ng filialda ishlaydigan ayollarga hurmat ko‘rsatilib, ularga bayram sovg‘alari topshirildi.

Bayram kechasi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talaba-yoshlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi.

Filial Matbuot xizmati.