Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Talabalar nazariy bilimlarini amaliyot davrida oshirishlari kerak

Filialning «Yengil atletika» va «Og‘ir atletika» mutaxassisligi talabalari malaka amaliyoti davrida amaliyot rahbarlari bilan hamkorlikda shahrimizdagi 22-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida «Maktabda jismoniy tarbiya fani va sportni keng targ‘ib qilish orqali zararli odatlarga qarshi immunitetni shakllantirish» maqsadida “Quvnoq startlar”sport o‘yinlarini o‘tkazdi.

Unda maktabning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari jamoa bo‘lib g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashdi.

Filial talabalarining amaliyot rahbarlari bilan o‘tkazilgan sport o‘yinlari maktab o‘quvchilari orasida yaxshi taassurot qoldirdi va g‘olib jamoa a’zolari Diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Filial Matbuot xizmati.