Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Soha mutaxassisi bilan talabalar ta’lim-tarbiyasi va salomatligi bo‘yicha hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar tahlil qilindi

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida talaba-yoshlarning sog‘lig‘ini saqlash, ularda kasalliklarga chalinishning oldini olish, o‘z vaqtida davolash va tibbiy choralarni ko‘rish maqsadida Respublika o‘smirlar dispanserining bosh shifokori ishtirokida dekan, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi, tyutorlar va hamshiralar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Unda Respublika o‘smirlar dispanserining bosh shifokori Tohir Dalimbetov dispanserda talaba-yoshlarning sog‘lig‘ini saqlash. Ularga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar va u yerda yaratilgan sharoitlar haqida uchrashuv ishtirokchilariga keng ma’lumot berib o‘tdi.

So‘nggi vaqtlarda xususiy tibbiyot tashkilotlari tomonidan talabalarning sog‘lig‘i bilan bog‘liq turli asossiz hujjatlar berilayotganligi qayd etildi va o‘quv muassasasidagi mas’ullarni bunday asossiz tibbiy hujjatlarga duch kelganda uning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini aniqlash bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi. Sababi, bu yerda birinchi navbatda talaba-yoshlarning salomatligi muhimligiga ahamiyat qaratildi.

Filial Matbuot xizmati.