Amaliyotchilarning amaldagi ishlari

Filialning «Badiiy gimnastika» mutaxassisligi talabalari ixtisoslik amaliyotini Nukus tumanida joylashgan 19-sonli umumta’lim maktabida o‘tagan edi.

Ular bugun amaliyot rahbari bilan birgalikda 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan maktabda tashkil etilgan «Sh.Ibragimova sport mahorati to‘garagi» a’zolari o‘rtasida sportning badiiy gimnastika turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazdi.

Bir-biridan qiziqarli o‘tgan musobaqa yakunida ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan Diplom bilan taqdirlandi.

Filial Matbuot xizmati.