Universitet rektori filial direktori bilan birga Nukus olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi bitiruvchilari bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qabul qilingan qarori asosida filial va markaz o‘rtasida o‘zaro shartnoma tuzilgan edi.
Xizmat safari davomida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov universitetning Nukus filiali direktori Bayrambay Erimbetov bilan birga Nukus olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida bo‘ldi va u yerda tahsil olayotgan o‘quvchilar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda rektor oliy ta‘lim va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida Nukus olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi bitiruvchilarini O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda universitetning Nukus filialiga o‘qishga qamrab olish maqsadida o‘quv yurtining ichki imkoniyatlari, talabalarning bilim olishi uchun yaratilgan sharoitlar, o‘qishga hujjat topshirish tartibi va bo‘lib o‘tadigan kasbiy ijodiy imtihon, test sinovlari haqida tushunchalar berib o‘tdi.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan universitet va uning Nukus filiali haqidagi savollariga javob oldi.
Filial Matbuot xizmati.