Hay’at majlisida filial direktori ham ishtirok etmoqda

Jizzax politexnika institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining navbatdagi Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston – 2030» strategiyasining «Atrof-muhitni muhofaza qilish va «yashil iqtisodiyot» yilida amalga oshirishga qaratilgan davlat dasturi ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari, oliy ta’lim muassasalari faoliyati monitoringi natijalari muhokama qilindi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligida markaziy apparat mas’ullari va barcha oliy ta’lim muassasalari rahbarlari qatorida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali direktori Bayrambay Erimbetov ham ishtirok etmoqda.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Hay’at yig‘ilishi doirasida Jizzax politexnika instituti hududida «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida «Ziyolilar bog‘i»da rasmiy ko‘chat ekish marafonida daraxt ko‘chati ekildi.



Filial Matbuot xizmati.