Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filial talabalarining ham ulushi salmoqli bo‘ldi

Kosovo davlatining Prishtina shahridagi «Yoshlar va sport saroyi»da gandbol bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Xalqaro gandbol federatsiyasi kubogining qit’alararo bosqichi o‘z yakuniga yetdi.

Quvonarlisi, ushbu musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston U-19 va U-21 terma jamoalari ham muvaffaqiyatli qatnashdi.

Yarim finalda Bolgariya U-21 va O‘zbekiston U-21 jamoa a’zolari bahs olib bordi va O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 2-o‘rinni egalladi.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari Baymurat Reypnazarov va Raxat Joldasbayevlar ishtirok etib, jamoaning faxrli o‘rinni egallashiga o‘zlarining salmoqli hissalarini qo‘shdilar.

Filial Matbuot xizmati.