Kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali Axborot-resurs markaziga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘zbek va qoraqalpoq tillarida nashr etilgan kitoblari topshirilgan edi.

Bugun filial Axborot-resurs markazida ushbu kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Unda filial professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Prezident asarlari bilan yaqindan tanishtirildi.
Filial Matbuot xizmati.