Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Talabalarga «Kelajakka qadam» markazining maqsadi tushuntirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14 fevral kuni «Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirishga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan edi.

Mazkur qaror asosida «O‘zmilliybank» AJ tomonidan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining biznes g‘oyalarini shakllantirish va amalga oshirish bo‘yicha ko‘mak va maslahatlar berish, ishga joylashtirish bo‘yicha imkoniyatlar yaratish maqsadida «Kelajakka qadam» markazi tashkil etilgan edi.

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Biznes g‘oyadan tayyor loyihagacha» mavzusida bitiruvchi kurs talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda filial direktorining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari R.Xaydarov va O‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari B.Utemuratovlar tomonidan «Kelajakka qadam» markazining talabalarning biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida «O‘zmilliybank» AJ tomonidan ishlab chiqilgan moliyaviy xizmatlar paketi ya’ni kredit olish tartibi haqida tushunchalar berib o‘tdi.

Filial matbuot xizmati.