Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Jurnalistlar uchun filialda media-tur tashkil etildi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida respublikamizdagi ommaviy axborot vositalari vakillari uchun media-tur tashkil etildi.

Unda ommaviy axborot vositalarining vakillari auditoriyalarga kirib dars jarayoni, talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan to‘garaklar, axborot resurs markazining ichki imkoniyatlari, u yerda jamlangan kitob fondi va gazeta-jurnallarning to‘plamlari bilan yaqindan tanishtirildi.

Shuningdek, media-tur davomida jurnalistlar filial haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Filial Matbuot xizmati.