Talabalarga targ‘ibot ishlari olib borildi

Joriy yilning 3-aprel kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali majlislar zalida profilaktika kuni munosabati bilan diniy ekstremizm va sog‘liqqa qarshi jinoyatlarning oldini olishni targ‘ib qilish maqsadida talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvni «Sport turlari» fakulteti dekani D.Nurishov kirish so‘zi bilan ochdi va tadbir ishtirokchilarini tashrif buyurgan mehmonlar bilan tanishtirib o‘tdi.

So‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tezkor qidiruv xizmati jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari N.Sadikov va filial profilaktika inspektori, kapitan R.Ismaylovlar tadbir ishtirokchilariga diniy ekstremizm va sog‘liqqa qarshi jarohat yetkazganda tegishli tartibda ko‘riladigan javobgarliklar va qonunni bilmaslik, bu javobgarlikdan ozod qilmasligi haqida tushuntirishlar berib o‘tdi.

Ishtirokchilar tegishli soha ishtirokchilaridan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Tadbirda talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy barqarorlikni ta’minlashga mas’ul bo‘lgan direktor maslahatchisi U.Dosbergenov ishtirok etdi.

Filial Matbuot xizmati.