Osiyo chempioni bilan uchrashuv tashkil etildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida ikki karra Osiyo chempioni Jalg‘asbay Berdimuratov bilan filial talabalarining uchrashuvi tashkil etildi.

Unda Jalg‘asbay Berdimuratov filial talabalariga o‘zining ishtirok etgan musobaqalari, tayyorgarligi, har kuni qiladigan mashg‘ulotlari, g‘alabaga erishib xalqaro arenada yurtimiz bayrog‘ini ko‘klarda hilpiratib, madhiyamizni yangratishning zavqi naqadar faxrli ekanligi haqida so‘zlab berdi.

Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Filial Matbuot xizmati.