Filial talabalari diqqatiga!



2025-2026-o‘quv yili uchun ta’lim granti soni 2-kursga o‘tadigan kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha talabalar sonidan kelib chiqib bakalavriat ta’lim yo‘nalishi, ta’lim tili kesimida to‘liq ta’lim granti va to‘liq bo‘lmagan ta’lim grantiga ajratilgan holda qayta taqsimlash parametrlari tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 10 mart kuni «Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi 149-sonli qarori qabul qilingan edi.
Ushbu qaror asosida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali direktorining buyrug‘i chiqdi. Ushbu buyruq bilan 2025-2026-o‘quv yili uchun ta’lim granti soni 2-kursga o‘tadigan kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha talabalar sonidan kelib chiqib bakalavriat ta’lim yo‘nalishi, ta’lim tili kesimida to‘liq ta’lim granti va to‘liq bo‘lmagan ta’lim grantiga ajratilgan holda qayta taqsimlash parametrlari tasdiqlandi.
Filial Matbuot xizmati.