Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev sport sohasi vakillari bilan uchrashdi

O‘tkazilgan uchrashuvda so‘nggi yillarda yurtimizda hurmatli Prezidentimiz tomonidan qaratilayotgan alohida e’tibor va ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklar natijasida sohada yuqori natijalarga erishayotgan yoshlar soni ortib, yurtimiz bayrog‘ini dunyoga tanitadigan yoshlar ko‘payib borayotganligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, yaratib berilayotgan shuncha imkoniyatlarga qaramay, ayrim joylarda qoloqlik holatlari uchrayotgani ham tanqid qilindi.

Shuningdek, sport yo‘nalishlari bo‘yicha yoshlarimizning xalqaro musobaqalarda erishayotgan natijalarini yanada yuksaltirish, dunyo tan olgan sportchilarni yetishtirib chiqarish uchun yana qanday chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha soha vakillarining fikr-takliflari tinglandi.

Tadbir davomida sport kurashlari bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida yuqori natijalarga erishgani uchun Jalg‘asbay Berdimuratov va Shahzoda Allaniyazovaga Oliy Kengashning «Faxriy yorlig‘i» topshirildi.




©️ Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi axborot xizmati.