Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Talabalar o‘zlarining farzandlik yordamlarini berdi

O‘zgalarning yordamiga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan, yolg‘iz, nogironligi bor insonlarning holidan xabar olish, ularga yordam berish azal-azaldan xalqimizga xos ezgu fazilatlardan biri sanaladi.

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari tyutorlari rahbarligida «Turon» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi Esenbay Utebayevning xonadonida bo‘ldi. U yerda talabalar mahalla aholisining uy yonidagi tomorqalarini tozalab, dalalarini ag‘darib bahorgi ekish ishlariga tayyorlab berdi.

Talabalarning mehr bilan qilgan ishlarini ko‘rgan xonadon sohibasi yoshlarga o‘zining oq fotihasini berdi.

Filial Matbuot xizmati.