Oylik doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan joriy yilning 15 aprel sanasidan 15 may kunlari oralig‘ida «Xavfsiz va sog‘lom el» oyligi deb e’lon qilingan edi.

Shu oylik doirasida bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Biz giyohvandlikka qarshimiz» mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda filial profilaktika inspektori, «Sport turlari» fakulteti dekani va talabalar o‘rtasida ijtimoiy-ruhiy barqarorlikni ta’minlashga mas’ul bo‘lgan direktor maslahatchisi bilan birgalikda giyohvand moddalarning tarqalish yo‘llari, uning oldini olish yo‘nalishida qilinayotgan ishlar, qonun doirasida ko‘riladigan jazo choralari haqida tushunchalar berib o‘tdi.

Talabalar bu borada o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.
Filial matbuot xizmati.