Diqqat e’lon!

Filialda iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini yo‘lga qo‘yish va ularning tashabbuslarini qo‘llab quvvatlash maqsadida “Eng yaxshi ixtirochi” startup g‘oyalar tanlovi tashkil etilmoqda.
Tanlovda 1-4 kurs talabalari va amaliyotchi muhandislar ishtirok eta oladilar.
Tanlov joriy yilning 15-oktabr sanasiga qadar davom etadi.
Tanlovga arizalar joriy yilning 10-oktabr kuniga qadar qabul qilinadi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: (93) 715-66-77 , (90) 735-58-47.
Filial Matbuot xizmati.