Festivalda jinoyatchilikning oldini olishga ham e’tibor qaratildi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida festival doirasida «Jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish» mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligidan kelgan mutaxassislar jinoyatning turlari, sodir etilayotgan jinoyatlar, unga nisbatan qonun doirasida qo‘llanilayotgan jazo choralari, uning oldini olish yo‘nalishida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qilinayotgan chora-tadbirlar haqida so‘zlab berdi va har bir talabaga huquqbuzarliklardan uzoq bo‘lishga chaqirdi.

Talabalar bu borada o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Filial Matbuot xizmati.