Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
[:en]NUKUS BRANCH
OF THE UZBEK STATE
UNIVERSITY OF PHYSICAL
EDUCATION AND SPORT[:ru]НУКУССКИЙ ФИЛИАЛ УЗБЕКСКОГО ГОСУДАРСТВЕННОГО УНИВЕРСИТЕТА ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ И СПОРТА[:qq]ÓZBEKSTAN MÁMLEKETLIK DENE TÁRBIYASÍ HÁM SPORT UNIVERSITETI NÓKIS FILIALÍ[:uz]O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI[:]

Sportning suzish turidan «Direktor kubogi» musobaqasi tashkil etildi

Talabalarning suv sporti turlariga bo‘lgan qiziqishini oshirish. Ular orasida ushbu sport turining ommaviyligiga erishish. Bu orqali iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash, saralash, malakali mutaxassislar va hakamlarni tayyorlash maqsadida bugun sportning suzish turi bo‘yicha filial talabalari orasida «Direktor kubogi» musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqada suzish sport turiga qiziquvchi talabalar ishtirok etdi va o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazdi.

Musobaqa yakunida «Suzish» mutaxassisligi talabalari faxrli o‘rinlarni egalladi.

100 metrga ko‘krak krol usulida 1-o‘rin – Yusupboyeva Mashhura,

100 metrga ko‘krakda krol 1-o‘rin – Botirboyev Ruslan,

100 metrga brass usulida 1-o‘rin – Suleymanov Manas.

Talabalarni musobaqaga professor-o‘qituvchilardan M.Ramazanov, D.Sarsenbayev, M.Urazimbetova va S.Ametovlar tayyorladi.

Filial Matbuot xizmati.