Respublika ishchi guruhi a’zolari filialda o‘rganish ishlari olib borilmoqda

Oliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, o‘quv jarayoni samaradorligini oshirish va talabalarning sifatli ta’lim olishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh a’zolari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Respublika ishchi guruhi a’zolari filial axborot-resurs markazidagi kutubxona fondi, elektron kutubxona tizimi, fanlar kesimida o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanish holati va ularning yangilanishi bilan yaqindan tanishdi.

Tanishuv davomida Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi boshqarma boshlig‘i Soyibjon Tojiboyev va Buxoro davlat pedagogika instituti matematika va informatika kafedrasi dotsenti Anvarjon Rashidovlardan tuzilgan Respublika ishchi guruhi a’zolari axborot-resurs markazi xodimlari va foydalanuvchilar bilan suhbatlashib, bu yerda foydalanuvchilarga yaratilgan sharoitlar, ta’lim oluvchilarning o‘quv adabiyotlariga bo‘lgan talabi va bu talabning qay darajada qondirilayotganiga alohida e’tibor qaratdi.


Filial Matbuot xizmati.