Filial talabasi faxrli o‘rinni egalladi

Joriy yilning 2-may sanasidan 5-may kunlari oralig‘ida Toshkent shahrida sportning Ayollar kurashi turi bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari orasidan sportchi qizlar ishtirok etdi.
Ular orasida filial talabasi Umida Karimbayeva 50 kg vazn toifasi bo‘yicha 3-o‘rinni egalladi va tashkilotchilar tomonidan Diplom, medal, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Filial Matbuot xizmati.