Filialda «Bo‘sh ish o‘rinlari» mehnat yarmarkasi tashkil etildi
Xabaringiz bor, so‘nggi yillarda mamlakatimizda yoshlar bandligini ta’minlash, kasb-hunar egallashga yo‘naltirish, ishga joylashtirish, ularni doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlash. Shuningdek, ularga qo‘shimcha daromad topishi uchun imkoniyat yaratib berishga alohida e’tibor qaratilgan.

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida bitiruvchi kurs talabalarini doimiy ish o‘rinlari bilan bandligini ta’minlash maqsadida «Bo‘sh ish o‘rinlari» mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Unda respublikamizdagi 80 ta muassasa, korxona va tashkilotlar 112 ta bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi.

Yarmarkada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bo‘lim boshlig‘i Salamat Erimbetov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Milliy banki mutaxassisi Navro‘z Ibraimovlar tadbir ishtirokchilariga muassasa, korxona va tashkilotlarda mavjud ish o‘rinlari haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.

Yoshlar bandligini ta’minlash, ayniqsa, talaba-yoshlarni kasb-hunar egallashga yo‘naltirish, ishga joylashtirish maqsadida tashkil etilgan «Bo‘sh ish o‘rinlari» mehnat yarmarkasida talaba-yoshlar mutaxassisliklari bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.



Filial Matbuot xizmati.