Mutaxassislik amaliyotiga yuboriladigan talabalarga tushuntirishlar berildi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali 2-kurs talabalarini 2024-2025 o‘quv yili o‘quv rejasidagi mutaxassislik amaliyotiga yuborish konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Bahrom Utemuratov, O‘quv-uslubiy bo‘limi boshlig‘i Dauletbay Koshanov va Registrator ofisi boshlig‘i D.Nurishovlar talabalarga malakaviy amaliyotni o‘tash tartibi, vaqtlari, nazariyada olgan bilimlarini amaliyotda takomillashtirish va har bir amaliyotchi talabaning belgilangan vaqtda o‘sha amaliyot joyida bo‘lishi kerakligi, agar, amaliyot davomida o‘zlarini yaxshi ko‘rsatsa o‘sha muassasa, korxona yoki tashkilotga ishga joylashish imkoniyati borligini ta’kidladi.
Talabalar bu borada o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.
Filial Matbuot xizmati.