Filialda profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi

Har haftaning payshanba kuni oliy o‘quv yurtlarida profilaktika kuni deb belgilangan edi.

Bugun shu asosda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida huquqbuzarlik, jinoyat, xotin-qizlarga tazyiq, zo‘ravonlik va o‘z joniga qasd qilish kabi noxush holatlarning oldini olish maqsadida talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda so‘zga chiqqanlar bu borada bugungi kunda qilinayotgan chora-tadbirlar, targ‘ibot-tashviqot ishlari, uning keyingi ayanchli oqibatlari, qonun doirasida qo‘llaniladigan jazo choralari haqida keng tarzda so‘zlab berdi va bunday narsalardan uzoq bo‘lishga chaqirdi.


Filial Matbuot xizmati.