Ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi tomonidan 2024-2025-o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlari va mamlakatimizda yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar» mavzusida ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumanida filial direktori ommaviy axborot vositalari vakillariga filial yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi tomonidan 2024-2025-o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar, mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlardan kelib chiqib, oliy ta’lim tizimidagi so‘nggi yangiliklar, o‘quv muassasasida talabalarning bilim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlar, shu asosda talabalarning sport va oliy ta’lim yo‘nalishida erishayotgan yutuqlari haqida keng ma’lumotlar berib o‘tdi.

Tadbir davomida ommaviy axborot vositalari vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.



Filial Matbuot xizmati.