«Direktor kubogi» uchun talaba qizlar kuch sinashdi

2025 yilning may oyi «Sport oyligi» deb e’lon qilingan edi. Ushbu oylik doirasida «Sportchi – el himoyachisi» shiori ostida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari o‘rtasida «Direktor kubogi» uchun turli sport musobaqalari o‘tkazilmoqda.

Bugun oylik doirasida sportning voleybol turidan «Direktor kubogi» uchun talaba-qizlar o‘rtasida musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada filialda tahsil olayotgan talabalar orasidan tuzilgan jamoalar ishtirok etdi.

Bir-biridan qiziqarli o‘tgan musobaqa yakunida g‘olib jamoalar aniqlandi va ular filial tomonidan «Direktor kubogi,» medal, Diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Filial Matbuot xizmati.