Filialda «Direktor va yoshlar» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida talabalar bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ularni ilm-fanga yo‘naltirish, o‘qish jarayonida duch kelayotgan to‘siqlarni aniqlash, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlarning oldini olish borasida ularning fikr-mulohazalarini eshitish va uchrayotgan muammolarni o‘sha joyning o‘zida bartaraf etish maqsadida «Direktor va yoshlar» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda filial direktori, professor B.Erimbetov talaba-yoshlarga yakuniy nazorat imtihonlarining borishi, o‘quv jarayoni bilan bog‘liq uchrayotgan to‘siqlarni o‘z vaqtida bartaraf etish haqida fikr-mulohazalarini tingladi.

Uchrashuv davomida filial direktori talabalar tomonidan berilgan har bir savolga javob berdi va ular bilan bevosita ishlashga doimo tayyor ekanligini bildirdi.

Filial Matbuot xizmati.