Filial talabalari «O‘zbekiston chempionati»da faxrli o‘rinlarni egalladi

Joriy yilning 18 may sanasidan 24 may kunlari oralig‘ida Toshkent viloyatida sportning velosport turi bo‘yicha «O‘zbekiston chempionati» bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari ham ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab barcha hududlardan velosportchilarni bir joyga jamlagan musobaqa yakunida filial talabalaridan Alpomish Quvonishboyev va Aruvxon Urazbayevalar 2-o‘rinni egalladi va tashkilotchilar tomonidan Diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Sportchilarni musobaqaga murabbiylardan Esnazar Xudaybergenov tayyorladi.
Filial Matbuot xizmati.