Talabalarga grantlarni berish va taqsimlash tartibi tushuntirildi
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida 1-kurs talabalari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘quv metodik bo‘limi boshlig‘i D.Koshanov, Registrator ofisi boshlig‘i D.Nurishov va Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi boshlig‘i N.Niyazimbetovlar 1-kurs talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-mart kuni «Oliy ta’lim muassasalarida talabalarga grantlarni berish va taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 149-sonli qarorining mazmun-mohiyatini batafsil tushuntirib o‘tdi. Ya’ni, qanday tartibda to‘liq ta’lim granti, to‘liq bo‘lmagan ta’lim granti va unga o‘tish uchun ariza berish tartibi haqida ma’lumotlar berdi.

Talabalar bu borada o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘liq javoblar oldi.

Filial Matbuot xizmati.