Badiiy gimnastika sport mahorat to‘garagiga sport anjomlari topshirildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi tomonidan filial faoliyatini 2025 yilda rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning «Yo‘l xaritasi» tasdiqlangan edi.

Mazkur «Yo‘l xaritasi»da O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali Nukus tumanida joylashgan 19-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan Sh.Ibragimovaning badiiy gimnastika sport mahorat to‘garagini tashkil etish va uni zarur inventarlar bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan edi.
«Yo‘l xaritasi»da ko‘rsatilgan vazifalarga asosan 2025 yilning fevral oyida 19-sonli umumta’lim maktabida Sh.Ibragimovaning badiiy gimnastika sport mahorat to‘garagi tashkil etilgan edi va u filial tomonidan joriy yilning iyun oyida 6 nomdagi 24 ta badiiy gimnastika sport anjomlari bilan to‘ldirildi.
Filial Matbuot xizmati.