Yig‘ilish bitiruvchilar bandligini ta’minlashga qaratildi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali direktori, professor B.Erimbetov rahbarligida filial mehnat jamoasi a’zolari ishtirokida bitiruvchi kurs talabalarini doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish masalasiga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni direktor dastlab filialda bo‘sh turgan (vakant) o‘rinlarga yangi ishga olingan mutaxassislarni mehnat jamoasi a’zolari bilan tanishtirishdan boshladi.

So‘ng bitiruvchi kurs talabalarini doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish, ularning bandligini ta’minlash, respublikamizdagi muassasa, korxona va tashkilotlar bilan uch tomonlama tuzilmaning borishi, ularda uchrayotgan muammolarni joyida bartaraf etish masalalarini ko‘rib chiqdi va bu bo‘yicha filialda tegishli mutaxassislarga topshiriqlar berdi.

Filial Matbuot xizmati.