Badiiy gimnastika mutaxassisligi talabalari «Direktor kubogi» uchun bellashdi

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talaba-yoshlari o‘rtasida sportning badiiy gimnastika turi bo‘yicha «Direktor kubogi» uchun musobaqa tashkil etildi.
Musobaqada filialda tahsil olayotgan talaba qizlar ishtirok etdi.
Loyiha doirasida «Direktor kubogi» uchun o‘tkazilgan musobaqa yakunida g‘oliblar aniqlandi. Ular tashkilotchilar tomonidan Diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Filial Matbuot xizmati.