Velosportchilar «Dolzarb 90 kunlik» da kuch sinashdi

Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama yetuk kadrlar etib tarbiyalash. Ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga hukumat siyosati darajasida e’tibor qaratilgan.
Xabaringiz bor, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan «Ta’limda dolzarb 90 kunlik» deb e’lon qilingan edi.

Bugun loyiha doirasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali tomonidan filialda tahsil olayotgan 2012-2013 yilda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida sportning velosport turidan «Direktor kubogi» uchun musobaqa bo‘lib o‘tdi.

O‘zaro qizg‘in bahslarga boy tarzda o‘tgan musobaqa yakunida g‘oliblar aniqlandi. Ular filial tomonidan tayyorlangan Diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Filial Matbuot xizmati.