Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Professor-o‘qituvchilarning o‘quv yili davomida olib borgan faoliyat ko‘rsatkichlari samaradorligi o‘rganilmoqda

Tegishli hukumat qarori va buyrug‘i asosida ichki ishchi guruh tuzilib, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida faoliyat ko‘rsatayotgan kafedra professor-o‘qituvchilarining 2024-2025-o‘quv yili davomida olib borgan faoliyat ko‘rsatkichlarining samaradorligi o‘rganilmoqda.

Ishchi guruh a’zolariga kafedra professor-o‘qituvchilarining faoliyat ko‘rsatkichlarini o‘rganish, monitoring ishlarini amalga oshirish, shuningdek, o‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan professor-o‘qituvchilarni rag‘batlantirish bo‘yicha takliflarni filial kengashida muhokama qilish va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash vazifalari yuklatilgan.

Filial Matbuot xizmati.