Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Xalqaro hamkorlik

Janubiy Koreyaning Chungbuk sog‘liqni saqlash va fan universitetining «Sportni qayta tiklash» bo‘limi koreys tili akademiyasi raisi, Xalqaro almashinuv guruhi direktori (PhD) Mr Shin Jungyong boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialiga tashrif buyurdi.

Delegatsiya a’zolarini O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali direktori, professor Bayrambay Erimbetov qabul qildi.

Qabul jarayonida ikki tomon akademik talabalarni almashish asosida Koreya universiteti taekvando yo‘nalishi bo‘yicha to‘rt talaba olti hafta muddatga Qoraqalpog‘iston Respublikasida sportning taekvando turidan tajriba almashishga kelishib olindi va bu yo‘nalishdagi ishlar bilan kelgusida hamkorlik bo‘yicha o‘zaro memorandum tuzdi.

Filial Matbuot xizmati.