Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Talabalarning kompyuter savodxonligi oshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan «Ta’limda muhim 90 kunlik» deb e’lon qilingan edi.

Shu asosda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalarining yozgi ta’til kunlarini maroqli va mazmunli o‘tkazish maqsadida Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi mutaxassislari tomonidan talabalarning kompyuter savodxonligi soati o‘tkazildi.

Unda markaz mutaxassislari tomonidan talabalarga kompyuterdan foydalanish, kerakli ma’lumotlarni to‘plash, ish va o‘qish jarayonida kerak bo‘ladigan dasturlar haqida tushunchalar berildi.

Filial Matbuot xizmati.