Talabalar do‘stlik uchrashuvini o‘tkazdi

Yoshlarning bo‘sh vaqtini maroqli va mazmunli o‘tkazish maqsadida «Muhim 90 kun» loyihasi doirasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi.
Unda «Sport o‘yinlari» kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalarga sportning voleybol turining o‘yin sirlari amaliyotda ko‘rsatib berildi.
So‘ng ishtirokchilar jamoalarga bo‘linib o‘zaro do‘stlik uchrashuvini o‘tkazdi.
Filial Matbuot xizmati.