Talabalarga og‘ir atletika sporti bo‘yicha tushunchalar berildi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Dolzarb 90 kun» loyihasi doirasida qator tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.

Bugun shu asosda «Yakka kurash va tabiiy fanlar» kafedrasi professor-o‘qituvchisi, og‘ir atletika bo‘yicha sport ustasi J.Berdimuratova talabalarga og‘ir atletika sporti bo‘yicha mahorat soatini o‘tkazdi.

Unda talabalarga ushbu sport turining yurtimizga kirib kelish tarixi va rivojlanish bosqichlari haqida tushunchalar berib o‘tdi.

Filial Matbuot xizmati.