Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Tadbir ilmiy maqola va tezis yozishni o‘rgatishga qaratildi

«Dolzarb 90 kun» loyihasi doirasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalarining ta’til kunlarini maroqli va mazmunli o‘tkazish maqsadida ularga ilmiy maqola va tezis yozish tartibi haqida seminar-trening tashkil etildi.

Seminarda «Jismoniy tarbiya nazariyasi va gumanitar fanlar» kafedrasi professor-o‘qituvchisi psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD) U.Kalillaeva talabalarga ilmiy maqola va tezis qanday yozilishi va unda nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida ilm bilan shug‘ullanishga qiziquvchi talabalarga ma’lumotlar berdi.

Unda talabalar bu borada o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Filial Matbuot xizmati.