Filial talabalari «Zakovat Quiz»da ishtirok etdi

Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlarining yozgi ta’til vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni sport, intellektual o‘yinlar va ko‘ngilochar tadbirlarga qamrab olish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Nukus shahrida tashkil etilgan «Yoshlar dam olish markazi»da o‘tkazilgan «Zakovat Quiz» intellektual o‘yinida filial talabalari ham faol ishtirok etdi.
Unda filial talabalari tashkilotchilar tomonidan berilgan savollarga chaqqonlik va aniqlik bilan javob berdi.
«Yoshlar dam olish markazi» filiali talabalarining respublikamizdagi oliy o‘quv yurtlari talabalari qatorida ko‘ngilli dam olishlariga zamin yaratmoqda.
Filial Matbuot xizmati.