Talabalarga badminton sport turidan mahorat soati o‘tkazildi

Talaba-yoshlarning yozgi ta’til kunlarini ko‘ngilli va mazmunli o‘tkazishda filial mehnat jamoasi a’zolari ham «Dolzarb 90 kun» doirasida sport musobaqalari, madaniy tadbirlar va intellektual o‘yinlarni o‘tkazib kelmoqda.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali professor-o‘qituvchilari R.Beknazarov va R.Atajanovlar tomonidan «Dolzarb 90 kun» doirasida mahorat darsi o‘tkazildi.

Unda professor-o‘qituvchilar talaba-yoshlarga badminton sport turining kelib chiqish tarixi, rivojlanish bosqichlari va filial jamoasining respublika miqyosida o‘tkazilayotgan musobaqalarda erishayotgan yutuqlari haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.

Ishtirokchilar bu borada o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.
Filial Matbuot xizmati.