Ishtirokchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish usullari o‘rgatildi

«Dolzarb 90 kun » doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlar filial talabalarining yozgi ta’til kunlarini mazmunli o‘tkazishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Dolzarb 90 kun » doirasida «Yakka kurash va tabiiy fanlar» kafedrasi professor-o‘qituvchisi G.Berdibayeva «Sportchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish» mavzusida seminar-trening o‘tkazdi.

Seminar-tringda G.Berdibayeva ishtirokchilarga ko‘ngilsiz vaziyatda yuz berganda birinchi yordam qanday ko‘rsatiladi va uning usullari haqida tushunchalar berib o‘tdi. Ishtirokchilar bu borada o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Filial Matbuot xizmati.