Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

“Ish qidiryapsiz, lekin nimadan boshlashni bilmaysizmi?

Yoshlar ishlari agentligi sizga bunday imkoniyatni taqdim etadi. Joriy yilning 24–31-avgust kunlari Bo‘stonliq tumanida tashkil etilayotgan “Karyera Oromgohi 2025” – bu 2 va 3-bosqich talabalari uchun mo‘ljallangan 7 kunlik bepul o‘quv oromgohi bo‘lib, sizga o‘z yo‘lingizni topishda amaliy yordam beradi.

Oromgohda sizni nimalar kutmoqda?

Rezyume va intervyu ko‘nikmalari;

Raqamli savodxonlik va shaxsiy brend;

Jamoada ishlash, muloqot va yetakchilik;

Top kompaniyalar bilan jonli uchrashuvlar.

Ishtirokchilar soni chegaralangan. Tanlov asosida 200 nafar eng faol talaba tanlab olinadi.

Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting.

Filial Matbuot xizmati.