Mahalla yoshlari o‘rtasida voleybol sport turidan musobaqa o‘tkazildi

«Dolzarb 90 kun» doirasida yoshlarning yozgi ta’til kunlarini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali tomonidan shahrimizdagi «Turan», «Baǵshılıq», «Jas áwlad» va «Xalıqlar doslıǵı» mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida yashovchi yoshlar o‘rtasida voleybol sport turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Musobaqada har bir mahalla fuqarolar yig‘inlaridan tuzilgan jamoalar o‘zaro g‘oliblik uchun bellashdi.

«Dolzarb 90 kun» doirasida mahalla fuqarolar yig‘inlari yoshlari orasidan tuzilgan jamoalar o‘rtasida voleybol sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan do‘stlik uchrashuvida g‘olib jamoalar aniqlandi.

Filial Matbuot xizmati.