Talabalarga shaxmat sirlari o‘rgatildi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali tomonidan «Dolzarb 90 kun» doirasida filialda tahsil olayotgan talaba yoshlarning yozgi ta’til kunlarini ko‘ngilli o‘tkazish maqsadida sportning shaxmat turidan mahorat darsi o‘tkazildi.

Unda «Jismoniy tarbiya nazariyasi va gumanitar fanlar» kafedrasi professor-o‘qituvchisi I.Erejepov ishtirokchilarga shaxmat qoidalari va uning tarixi haqida ma’lumotlar berdi.

Ishtirokchilar shaxmat bo‘yicha tushunchaga ega bo‘ldi.

Filial Matbuot xizmati.