Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filial talabasi Osiyo chempionatida 3-o‘rinni egalladi

Joriy yilning 31-iyul sanasidan 11-avgust kunlari oralig‘ida Tailandning Bangkok shahrida sportning boks turi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Chempionatga U-19 va U-22 yoshlar va katta yoshdagi 25 mamlakatdan jami 367 sportchi qatnashdi.

Jahonning eng kuchli bokschilarini bir joyga jamlagan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etdi va U-19 hamda U-22 yosh toifalarida ham barcha raqiblaridan ustun kelib jamoaviy hisobda 1-o‘rinni egalladi.

Terma jamoa tarkibida filialning «Boks» mutaxassisligi 4-kurs talabasi Mohira Ahmedova ham ishtirok etdi va 3-o‘rinni egallab jamoaning 1-o‘rinni egallashiga o‘zining salmoqli hissasini qo‘shdi.

Filial Matbuot xizmati.